Abituriyentlarga foydali elektron xizmat ishga tushirildi

Abituriyentlarga foydali elektron xizmat ishga tushirildi

Kuni kecha qaysi oliy ta’lim muassasiga (OTM) necha nafar abituriyent topshirganini onlayn ko‘rish mumkin bo‘lgan xizmat ishga tushdi. Mazkur xizmatdan qabul.dtm.uz manzilida foydalanish mumkin. Xizmat abituriyentlardan tushgan arizalar sonini yo‘nalishlar hamda tillar kesimida onlayn ko‘rish imkonini beradi. Bu haqida DTM xabar bermoqda.

 

Bunda tanlagan OTMdagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

 

- Qabul rejasi;

- Birinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;

- Ikkinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;

- Uchinchi yo‘nalish sifatida tanlaganlar soni;

- Birinchi sifatida tanlaganlar bo‘yicha tanlov ko‘rsatkichi.

 

Xizmat manzili: qabul.dtm.uz