Buxoroda yangi universitet ochiladi

Buxoroda yangi universitet ochiladi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yangi universitet faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

“Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorako‘l IT-klasteri tashkil etiladi. IT-klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi:

  • zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
  • masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
  • ilmiy-tadqiqot markazlari, o‘quv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi.

Buning uchun:

  • 1-bosqichda 2023-yil 31-dekabrgacha maʼmuriy bino, o‘quv laboratoriyasi va 5 600 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binolari quriladi;
  • 2-bosqichda 2024-yil 1-sentabrgacha 1 300 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi, 15 o‘ringa mo‘ljallangan mehmonxona, 100 o‘ringa mo‘ljallangan inkubatsiya markazi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.